Bu sura ham Madina suralaridan bo'lib, o'n bir oyatdan tashkil topgandir. Sura barcha insoniyatni jaholat-bilimsizlik botqog'idan chiqarib, ularga Qur'on ta'limotini yetkazish uchun Muhammad alayhis-salomni payg'ambar qilib yuborgan Alloh taologa tasbeh aytib, U zotni barcha aybu nuqsondan poklash bilan boshlanadi. Shuningdek, bu surada o'zlariga ato etilgan Tavrot ko'rsatmalariga amal qilmagan yahudiylarni ustlariga kitob yuklangan eshaklarga tashbeh qilinib, ularning zolim qavm ekanliklari ta'kidlanadi. So'ngra Jum'a namozining ahkomlari bayon qilinib, mo'minlarni hayoti dunyo matolariga uchmasdan Alloh taolo huzuridagi ajr-mukofot uchun amal qilishga da'vat etiladi.